Hisor davlat qo‘riqxonasida xalqaro olimlarning hamkorlikdagi ilmiy izlanishlari
12.
10. 2021
09:55
4427
Tadbirlar

Hamakorlikdagi ilmiy izlanishlar qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limining Kurkurak, Gandagirim, Qashqabuloq, Qaronko‘l daralarida 2021 yil 7-10 oktyabr kunlari o‘tkazilib, yovvoyi to‘ng‘iz turiga oid genetik ma’lumotlarni to‘plash maqsadida monitoring o‘tkazildi.

Mazkur ilmiy izlanishlar, yovvoyi to‘ng‘izning genetik xilma-xilligi, O‘zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda va ularning filogenetikasi, (yovvoyi to‘ng‘iz – Sus srofa) uning joylashuvi va Markaziy Osiyodagi genetik bog‘lanishi va shakllanishi, shuningdek gibrid turlarining Ural va Yevropadagi yovvoyi to‘ng‘iz turlari bilan solishtirma tahlil etilishi nazarda tutilgan.

Dala amaliyoti davrida ilmiy izlanishlari natijasida 15 ta fikaley va suyak to‘qimasining namunasi olindi.

Ushbu namunalar DNK tahlili uchun Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali O‘simliklar va hayvonlar ekologiyasi institutiga olib ketildi va kelgusida olingan tahlil natijalari qo‘riqxonaning ilmiy bo‘limiga taqdim etiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar