Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Boku shahrida Qoʻshilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida ishtirok etdi
04.
03. 2023
13:14
2438
Yangiliklar

Qayd etish joizki, davlat rahbari oʻz nutqida taʼkidlagan 2030-yilgacha tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha global platforma – Senday hadli dasturi asosida Qoʻshilmaslik harakati ishtirokchilari faoliyatini kuchaytirish zarurligi boʻyicha tashabbus juda muhim ahamiyatga ega.

Prezident darajasida bu masalaga alohida eʼtibor qaratilishi bejiz emas. Zero, hozirgi vaqtda favqulodda vaziyat va tabiiy ofat xavfi, bunday salbiy holatlardan koʻrilayotgan iqtisodiy zarar koʻlami oshib borishi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xos xususiyatdir.

Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Aleksey Kustov  davlat rahbari tomonidan Senday hadli dasturi faoliyatini kuchaytirish boʻyicha ilgari surgan takliflarining ahamiyati haqida soʻz yuritdi.

 

Foydali manbalar