Tuxum qoʻyib, uyasini kuzatayotgan sariq sor
24.
03. 2023
10:16
3236
Yangiliklar

Sariq sor - qarchigʻaylar oilasiga mansub oʻrtacha kattalikdagi yirtqich qush boʻlib, Markaziy Osiyoda eng koʻp tarqalgan  turlardan biri hisoblanadi. 

Oʻzbekistonda  togʻ etaklarida, tekisliklarda, shu jumladan choʻl hududlarida ham yashaydi, qoyalarga, jarliklarga, daraxtlarga yoki saksovullarga in quradi.

Mart oxirida yoki aprelda tuxum qoʻyadi va 2-5 tagacha bola ochadi.  Koʻplab kemiruvchilar bilan oziqlanadi va shu bilan qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi.

Suratlar Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi xodimlari tomonidan  monitoring ishlari davomida olingan.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Foydali manbalar