12–13 va 16–17-may kunlari yurtimizning qator hududlarida sel-toshqin hodisalari kutilmoqda
11.
05. 2023
16:13
2350
Yangiliklar

Joriy yilning 12–13 va 16–17-may yurtimizning qator hududlarida kuchli yog‘ingarchilik tufayli sel-toshqin hodisalari kutilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo (Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida), Surxondaryo (Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida), Samarqand (Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida), Navoiy (Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida), Jizzax (Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida), Toshkent ( Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida), Namangan (Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida), Fargʻona (Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida) hamda Andijon (Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida) viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

Foydali manbalar