Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "12-may – Ekologik bilimlar kuni" munosabati bilan plogging ekoaksiyasi oʻtkazildi.
Tadbir Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Qarshi Muhandislik iqtisodiyat instituti, Qarshi davlat universiteti hamda koʻngilli yoshlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Plogging yugurishni chiqindi yigʻish bilan birlashtirgan ekologik harakat hisoblanadi.
Ekoaksiya Qarshi shahrining “Jayhun”, “Olimlar”, “Alisher Navoiy” hamda "Mustaqillik" koʻchalarida 10 km masafoda boʻlib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq ishtirokchilar tomonidan 400 kg yaqin chiqindilar toʻplanib, maxsus texnikalarga joylashtirildi.
Tadbir yakunida aksiyada faol ishtirok etgan 10 nafar yosh ishtirokchi tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, atrof-muhitga katta foyda keltiradigan bu kabi ekoaksiyalarni viloyatimiz boʻylab doimiy oʻtkazish rejalashtirildi.
O‘z hududingizda toza va musaffo havoni saqlab qolish hamda yashil daraxtlarni ko‘paytirishda faol ishtirok eting! Unutmang! Tabiat uchun har birimiz mas’ulmiz.