Turkiy davlatlar o‘rtasida ekologik hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi 
09.
06. 2023
11:02
1518
Yangiliklar

Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi”ning maxsus yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas’ullari, mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari rektorlari, xalqaro tashkilotlar, tashkilotga a’zo davlatlar, xususan, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘izistondan 50 ga yaqin universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.  

Yig‘ilishda nutq so‘zlagan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov turkiy davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yanada mustahkamlanib borayotganligini ta’kidlab, bu borada oliy ta’lim muasassalari rektorlari faollik ko‘rsatayotganligini alohida qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, tadbirda Turk Dunyosi universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilim almashish, qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar almashinuvini kuchaytirish, amaliyot dasturlarini yaratish va yuqori sifatli ta’limni yuzaga keltirish uchun o‘quv standartlarini takomillashtirish bo‘yicha fikrlar almashildi. 

Bundan tashqari, yig‘ilishda turli mavzularda taqdimotlar o‘tkazilib, “Orxun” talabalar almashinuvi dasturining hozirgi imkoniyatlari va muammolari muhokama qilindi. 

Ma’lumot uchun, Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan.

Foydali manbalar