Birinchi marta morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylari fotoqopqonga birga muhrlandi
12.
06. 2023
14:54
4068
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylari fotoqopqonga ilk bor birgalikda qayd etildi.

Ushbu noyob jonivorlarning ikkisi ham O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, yo‘qolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, bugunga kelib qo‘riqxonada 100 boshga yaqin Buxoro tog‘ qo‘yi hamda 600 boshdan ziyod morxo‘r doimiy muhofazaga olingan.

Foydali manbalar