Huquqbuzar oʻzi tashlagan chiqindini oʻzi tozaladi
16.
06. 2023
16:05
2527
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralari orqali Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrining Yangibog‘ MFY hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlangani ma'lum bo'ldi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiyo‘l shahar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni shu hududda yashovchi S.F. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi va unga nisbatan 1 650 000.00 so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Video: https://youtu.be/Aly0F1sdiJ4

Foydali manbalar