Piskent tumanida chiqindilarni yoqib yuborgan huquqbuzar jarimaga tortildi
10.
07. 2023
16:48
2343
Yangiliklar

Toshkent viloyati Piskent tumani hududida chiqindilar yoqib yuborildi. Huquqbuzarlik Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan holat o'rganilganida fuqaro N. M. Mingtepa MFY hududida yoqilg'i hisoblanmaydigan qurilish materiallarini yoqib yuborgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. N. M. 300 000 so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydali manbalar