“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun”: Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.
08. 2023
11:32
2319
Yangiliklar

Joriy yilda Respublikamiz mustaqilligining 32 yilligi doirasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” bosh g‘oyasiga bag‘ishlangan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majidov, filologiya fanlari doktori, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Nurboy Jabborov, isteʼdodli shoir Faxriddin Hayit ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Vatanimiz tarixiga mangu muhrlangan voqealar ko‘p. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shunday tarixiy evrilishlar ichida eng buyuk voqeadir.

Bu yil xalqimiz hayotidagi buyuk sana – Mustaqillik bayramining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” degan bosh g‘oyani mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar bilan birga o‘tkazilmoqda.

Tadbirda istiqlol tufayli milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyatlarimiz qayta tiklanayotgani, davlatimiz va xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, kelajagimiz uchun sog‘lom muhitni barpo etish borasida keng ko‘lamli saʼy-harakatlar amalga oshirilayotgani, yurtimizni dunyo taniyotgani haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Qolaversa, taniqli shoir G‘ayrat Majidov “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” nomli yangi sheʼrini o‘qib berdi, Аlisher Navoiy, Аbdulla Oripov kabi milliy adabiyotimiz darg‘alarining tabiat, borliq haqidagi hikmatli asarlari insonni asrashga qaratilgani taʼkidlandi.

Qayd etish joizki, Prezidentimizning joriy yil 27-iyulda qabul qilingan istiqlolning 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qarori mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan.

Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasidagi islohotlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha erishilayotgan natijalar turmush farovonligini oshirmoqda.

Foydali manbalar