Samarqand shahar Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Samarqand shahri “Abdulla Qahhor” mahallasida yashovchi fuqaro D. D. tomonidan 4 tup ipak akatsiyasi daraxti noqonuniy tarzda kesilganligi aniqlandi.
Natijada daraxtlar o‘sishdan to‘xtamas darajada shikastlangan. Shuningdek, tabiatga 5 million 280 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga binoan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobari, ya'ni 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
D. D. qilmishi uchun jami 8 million 580 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.