Ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda
08.
09. 2023
14:49
3046
Yangiliklar

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida”gi Qonunga qoʼshimcha va oʼzgartish kiritildi. Prezident bu boradagi qonunni (OʼRQ–867-son, 07.09.2023 y.) imzoladi.

Unga koʼra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi. 

Uyda saqlash taqiqlangan hayvonlarning roʼyxati, shuningdek, ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) tomonidan saqlash tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi jismoniy shaxlar tomonidan yovvoyi hayvonlarning 66 dan ortiq turi, jumladan, hasharotlar, baliqlar, zaharli ilonlar, ayiqlar oilasining barcha kenja turlari, yoʻlbarslar, timsohlar, lochinlar, yovvoyi mushuklar, boʻrilar, shoqollar, tulkilar, orangutanlar, shimpanzelar va boshqa koʻplab hayvonlarni saqlash taqiqlanishi haqida xabar bergan edi. (https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3428)

Foydali manbalar