Suv resurslarini asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish “O‘zbekiston-2030” strategiyasining ustuvor vazifasi sifatida
12.
09. 2023
16:59
3765
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son farmoni bilan O‘zbekistonni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.

 Strategiyada bir qancha ustuvor maqsadlar va 5 ta asosiy vazifa belgilangan bo‘lib, ulardan biri suv resurslarini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishdir.

Suv resurslarini tejash borasidagi islohotlar doirasida respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, sug‘orish tizimi va suvni tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, “yashil energiya”ni keng joriy etish doirasida xususiy sektor boshqaruvi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish hamda “yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy etish doirasida nasos stansiyalari tomonidan elektr energiyasi iste’molini kamaytirish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sugʼorish tizimini yaratish, Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar koʼpaytirib, 5 ming gektarga yetkazish, Respublikada oʼrmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga, daraxt va buta urugʼlari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish, Orolboʼyi mintaqasidagi oʼrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish, choʼllanish, qurgʼoqchilik, chang-qum boʼronlari va haroratning koʼtarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” – himoya oʼrmonzorlarini barpo etish, qattiq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 100 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizga oshirish, atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish va boshqa muhim vazifalar belgilandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlar respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir etuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, o‘rmonlar maydonini kengaytirishga qaratilgan “Yashil Makon” milliy loyihasini kengaytirish, Orolboʻyida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish, iqlim oʻzgarishining salbiy taʼsirining oldini olish, biologik xilma-xillikning barqaror saqlanishini taʼminlash, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmati sifatini yaxshilash hamda havo ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni nazarda tutadi. 

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish maqsadida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta asosiy g‘oyasi qatorida aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish ham alohida o‘rin tutganini alohida ta’kidlash joiz.

Foydali manbalar