13.
09. 2023
15:31
1989
Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Namangan viloyatida 12 ta onlayn kuzatuv kamerasi qo‘yilmoqda.
Ayni damda 5 ta kamera o‘rnatib bo‘lindi. Kameralar yordamida ikki kun davomida 50 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 200 ga yaqin onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Shuningdek, Andijon viloyatida ham shunday kuzatuv kamerasi mavjud. Respublika miqyosida esa 1000 ga yaqin kamera o‘rnatilishi rejalashtirilgan.