Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan "Butunjahon tozalik kuni" munosabati bilan "MATBAA PAPER" MChJ hamda "JAYHUN XORAZM SAVDO" MChJ'larga press-tur tashkil etildi.
Press-turda viloyat Ekologiya boshqarmasi va prokuraturasi masʼullari, jurnalist va blogerlar qatnashdi. Ishtirokchilarga chiqindilarni qayta ishlash jarayoni va undan olinayotgan ikkilamchi xomashyolar boʼyicha maʼlumotlar berildi.
Ta'kidlash joizki, har ikkala korxona Xitoy davlatidan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. "MATBAA PAPER" MChJ maydoni 1,3 gektarni tashkil etib, hozirda 93 nafar kishi ish bilan taʼminlangan. Korxona bir yilda 4210 tonna qog'ozni qayta ishlab chiqaradi.
"JAYHUN XORAZM SAVDO" MChJ esa 19,4 gektarga teng bo‘lib, yelim idish va polietilen mahsulotlarini qayta ishlab kelmoqda. Korxonada hozirda 60 nafar kishi ish bilan taʼminlangan va yiliga 6000 tonna chiqindi qayta ishlanadi.