Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzasi hududida ekologik barqarorlikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi 
20.
09. 2023
16:13
2544
Yangiliklar

2023-yil 19-sentabr kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Moʼynoq tumani va 20-sentyabr kuni Amudaryo tumanida seminar oʼtkazildi. 

Seminar Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamgʼarmasining “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʼllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʼllar, suv-botqoq yerlar va qirgʼoqboʼyi hududlarni saqlash hamda boshqarish” qoʼshma loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan loyihaning maqsadi va vazifalariga bagʼishlandi. 



Taʼkidlash joizki, ushbu loyiha Orolboʼyi mintaqasi koʼllari, suv-botqoq hududlarini saqlash va barqaror boshqarish boʼyicha olib boriladigan amaliy ishlarni qamrab oladi.

Ma'lumot uchun, suv-botqoq hududlari jahondagi biologik xilma-xillik va eng qimmatli ekotizimlardan biridir. Bugungi kunda Orol dengizi havzasida ham koʼllar, botqoq hududlar va qirgʼoq ekotizimlari saqlanib kelmoqda. Koʼchmanchi qushlarning juda koʼp turlari uchun Oʼzbekiston juda muhim uchish yoʼlida joylashgan. Masalan, Sudoche, Dengizkoʼl, Aydar-Arnasoy koʼllar tizimi qishlovchi-koʼchmanchi qushning asosiy makonlari hisoblanadi.

Loyihaning maqsadi – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (MTH), asosiy biologik xilma-xillik hududlari va asosiy ornitologik hududlar (AOH) atrofidagi mahsuldor landshaftlarni yer va suv resurslarini kompleks boshqarish bilan birgalikda tuproq degradatsiyasining oldini olish orqali Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzasi hududida ekotizimlar barqarorligi va hayot faoliyatini oshirishdan iboratdir.

Loyihaning maqsadli hududi Oʼzbekistonning janubiy va janubi-gʼarbida joylashgan Amudaryoning quyi oqimi va Orol dengizi havzasi hisoblanadi. Bu hudud maʼmuriy jihatdan Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʼl tumanlari hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasining Amudaryo va Moʼynoq tumanlarini oʼz ichiga oladi.
Bu hududlarda tabiiy ekotizimlarning koʼpchiligi, yaʼni botqoq hududlar, koʼllar, Amudaryo havzasining qirgʼoqboʼyi maydonlari joylashgan. 

Bundan tashqari, mazkur hududlarda degradatsiyaga eng koʼp uchragan yaylovlar va sugʼoriladigan maydonlar mavjud boʼlib, ularning aksariyati sho‘rlanishga moyil. Loyiha faoliyati ushbu qurgʼoqchil landshaftdagi koʼllar, botqoq yerlar va qirgʼoq bioxilma-xilligining qisqarishi va yoʼqolishi bilan bevosita bogʼliq boʼlgan yerlarning degradatsiyasi, suv tanqisligi va biologik xilma-xillikning yoʼqolishiga olib keluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan.

Loyiha doirasida umumiy maydoni 3 million gektardan ortiq boʼlgan Janubiy Ustyurt, Beltau, Sudoche koʼllari tizimi, Oqdaryo-Qozogʼdaryo oraligʼi va Akpetki qoʼriqxonalari singari beshta yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rivojlantiriladi.

Foydali manbalar