"Daraxtlar reyestri": yashil ekinlarni asrashga qaratilgan qo'shma loyiha boshlanmoqda
29.
09. 2023
16:00
2283
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, "Zamin" fondi va Toshkent shahri hokimligi hamkorligida "Daraxtlar reyestri" yangi qo‘shma loyiha boshlanmoqda.

Dastlabki loyiha Toshkent shahrida boshlanadi. Maqsad yashil ekinlarni, shu jumladan, qurilishni rejalashtirish bosqichida asrash hamda ularning to‘liq hisobini joriy etish, shuningdek, noqonuniy kesish holatlarida chora ko‘rishdir.

Ta'kidlash joizki, loyihaning asosiy vazifasi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, barcha parametrlari va ahvolini ko‘rsatgan holda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratishdan iborat.

Ma'lumot uchun, daraxtlar reyestrining onlayn platformasi davlat idoralarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi, bu shaharsozlikni rejalashtirish, daraxtlarni parvarishlash sifatini yaxshilash hamda ularning hisobini yuritishda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Foydali manbalar