Namanganda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasi orqali navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi 
24.
11. 2023
11:15
2114
Yangiliklar

Namangan viloyati Namangan shahri hududida fuqaro S.A. tomonidan noqonuniy joyga chiqindi tashlandi. 

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan "Sardoba" MFY hududiga o'rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlandi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. S. A. BHMning bir barobari — 330 ming so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, ayni damda Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon kabi viloyatlarida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, boshqa hududlarda ham shunday kameralar o‘rnatilmoqda.

Foydali manbalar