Qum-shag‘al noqonuniy qazib olinishi natijasida tabiatga 606 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
11.
12. 2023
14:27
1537
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va vazirlikning Navoiy viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.  

Xatirchi tumanidan oqib o‘tuvchi Ko’ksaroy soyi hududida olib borilgan tadbir davomida soyning muhofaza mintaqasida 1 dona ekskavator va 1 dona “ChAKMAN” rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida qum-shag‘al mahsulotlari qazib olinib, tashib olib ketilayotganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan qum-shag‘al mahsulotlari qazilgan joyda o‘lchov ishlari olib borildi. Natijada tabiatga 606 million 095 ming 78 so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.   

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasi hamda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasi talablari buzilgan. 

Holatga huquqiy baho berish, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tuman prokuraturasiga yuborildi.

Foydali manbalar