Oʻzbekcha Vikipediyada "WikiStipendiya" marafoni doirasida 100 000 dan ortiq yangi maqolalar yaratildi
21.
12. 2023
11:07
1418
Yangiliklar

2023-yil davomida “WikiStipendiya” marafonining ikkinchi mavsumida “Wiki-tur”, “WikiOromgoh”, “WikiQuiz”, “WikiAyollar” loyihalari, O‘zbekiston hududiga oid maqolalar yaratish va tahrir qilish oyliklari, Statusli maqolalar tanlovi, o‘zbek tilidagi maqolalarni chet tillariga tarjima qilish Marafoni o‘tkazib kelindi.

Xususan, loyihalar natijasida o‘zbekcha Vikipediyada bugunga qadar 100 mingdan ortiq yangi maqolalar yaratilgan. Shuningdek, mingdan ziyod O’zbekistonga oid maqolalar chet tillariga tarjima qilingan. “Wikimedia Commons” internet omborxonasiga erkin foydalanish huquqi bilan yurtimizga oid 10 000 dan ortiq fotosurat yuklangan.

“WikiStipendiya” marafonining 2-mavsumi yakunida 52 nafar g’olibga jami 255 000 000 pul mukofoti topshirildi. Hozirda esa maqolalar soni 247 528 tani, tahrirlar soni esa 3 975 710 tani tashkil etmoqda. Vikipediyalar tarmogʻida 42-oʻringa koʻtarildik.

Foydali manbalar