Xorazmda saksovul noqonuniy tarzda olib ketilayotganligi aniqlandi
21.
12. 2023
11:15
2240
Yangiliklar

Xorazmda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.  

Tuproqqal'a tumanida o'tkazilgan reyd davomida fuqaro A.B. 12,6 metr kub hajmdagi tabiiy holda o'suvchi saksovul o'simligini qo'parib, mashinasida olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan A.B.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 2-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga ko‘ra, huquqbuzar BHMning 10 barobaridan 20 barobarigacha (3 400 000 — 6 800 000 so‘m) jarimaga tortilishi mumkin. 

Qonuniy chora ko'rish maqsadida jinoyat ishlari bo'yicha Tuproqqal'a tuman sudiga yuborish uchun qo'shimcha hujjatlar tayyorlanmoqda. Fuqaroning mashinasi esa qonuniy chora ko'rilguniga qadar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Foydali manbalar