Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Chortoq tumani bo‘limi davlat inspektorlari va tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri tashkil etildi.
Bog‘iston mahallasi hududida o‘tkazilgan reyd davomida ov qilish maqsadida maxsus ov qurollari bilan yurgan ovchilar aniqlandi. Ularning ov uchun maxsus ruxsatnomalari va qurollari nazoratdan o‘tkazildi. Natijada bir nafar ovchi tomonidan belgilangan tartibda ov qilish varaqasi to‘ldirilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.