Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani hamda shahar boʼlimlari tomonidan nazorat tadbiri oʼtkazildi.
Tadbir davomida Ohangaron tumanidagi "Geolog" MFY hududida nomaʼlum fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda sayroqi qushlar ovlanayotgani aniqlandi. Holat o‘rganilganida huquqbuzarlikni fuqarolar M.M., M.M., F.A. sodir etilganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har biriga BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima qoʼllanildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.