Qum-shag'al aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan huquqbuzarga chora ko‘rildi
10.
01. 2024
15:56
2033
Yangiliklar

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Oqdaryo tumani bo‘limi davlat inspektorlari va viloyat IIB xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumandagi "Chaqqa" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosining muhofaza qismidan shu tumanda yashovchi fuqaro N. U. o‘z boshqaruvida bo‘lgan  texnika vositasi yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini yuk tashuvchi avtomashinalarga ortib berayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. N. U. bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari — 10 million 200 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Foydali manbalar