Samarqanddagi “COP14 – Yashil jamoat parki”da daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi
17.
02. 2024
12:03
2006
Yangiliklar

CMS COP14 xalqaro konferensiyasi doirasida Samarqand tumani Yangijoy mahallasi hududida “COP14 – Yashil jamoat parki” barpo qilindi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Aziz Abduhakimov, BMTning Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyasi ijrochi kotibi Emi Frenkel, xalqaro delegatsiyalar vakillari va xorijlik mehmonlar ishtirokida bog’da shumtol, zarang, yapon saforasi, Qrim qaragʻayi va boshqa daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

“Yurtimizda daraxt ko‘chatlari o‘tqazish yaxshi an’anaga aylandi. Har bir xalqaro darajadagi tadbirda, albatta, xorijlik mehmonlarni daraxt ekishga jalb qilyapmiz. Natijada ko‘plab parklar, bog‘lar barpo bo‘lmoqda, — dedi Aziz Abduhakimov. — “COP14 — Yashil jamoat parki” 4,5 gektar maydonni egallaydi, bu yerda ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar asrash to‘g‘risidagi konvensiya, tadbir davomida erishilgan natijalar, kelishuvlar, umuman, COP14 haqida tushuncha va boshqa kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi. Eng muhimi, ushbu park havoni tozalashga xizmat qiladi”.

Parkda jami 2500 tup turli daraxtlar ekiladi. Shuningdek, savdo do‘konlari, avtoturargoh, shaxmat maydonchalari quriladi. Park aholi uchun har tomonlama qulay bo‘lgan madaniy hordiq maskaniga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Samarqandda o‘tkazilgan BMTning Choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvnensiyasi (CRIC-21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida “CRIC-21 yashil bogʻi” yaratilgandi.

Foydali manbalar