Rasmiy munosabat!
26.
02. 2024
14:39
1738
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlariga ustama pullari berilmayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 171-sonli qaroriga asosan, Ekologiya vazirining 2024-yil 29-yanvardagi 44-son buyrugʻi bilan vazirlikning hududiy boshqarmalari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (o‘rmon fondi yerlaridan tashqari) xodimlariga qo'shimcha moddiy rag‘batlantirish, ustamalar, mukofot va ish haqiga boshqa to‘lovlar, shuningdek, ko‘p yil ishlaganlik uchun har oylik ustamani belgilash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom yangi tahrirda tasdiqlandi. 

Ushbu Nizom asosida hududiy boʻlinmalar xodimlariga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar, mukofot, oziq-ovqat, yo‘l xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari to‘lab kelinmoqda.  Jumladan, Ekologiya vazirligi hududiy boshqarma xodimlariga “8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan mukofot pullari 2023-yil 11-dekabr sanasida hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan mukofot pullari, dekabr oyi uchun maxsus ustama, oziq-ovqat va ish joyiga borish-kelish xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lovlari 2023-yil 29-dekabr sanasida to‘liq moliyalashtirib berilgan. 

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlariga joriy yilning yanvar oyi uchun ustama, oziq-ovqat va ish joyiga borish-kelish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari 21-fevralda to‘liq to‘langan.

Foydali manbalar