Narx taklifi so'rovi (NTS)
13.
05. 2024
11:06
1757
Tender

Loyiha: "Qattiq Maishiy Chiqindilarni Barqaror Boshqarish"
Moliyalashtirish manbai: OTB №3903-UZB krediti
Shartnoma: №SCEEP / RFQ-G7R
Sarlavha: loyihani boshqarish guruhi ehtiyojlari uchun transport vositalarini sotib olish.
Xaridor: Qattiq Maishiy Chiqindilarni Barqaror Boshqarish Loyihasini Boshqarish Guruhi

1. O'zbekiston Respublikasi Osiyo Taraqqiyot Bankidan "Qattiq Maishiy Chiqindilarni Barqaror Boshqarish" loyihasini moliyalashtirish uchun kredit oldi va ushbu mablag'larning bir qismini SCEEP/RFQ-G7R "Loyihalarni Boshqarish Guruhi ehtiyojlari uchun avtomobil sotib olish"shartnomasi bo'yicha tegishli to'lovlarni amalga oshirish uchun ishlatmoqchi. Tanlov savdolarini o'tkazishda Osiyo Taraqqiyot Bankining qoidalari va protseduralari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.
2. "Qattiq Maishiy Chiqindilarni Barqaror Boshqarish" LBG shu bilan savdolarning munosib ishtirokchilarini ikkita (2) avtomobil sotib olish bo'yicha narx takliflarini taqdim etishga taklif qiladi.
3. Tanlov savdolari OTB kredit oluvchilar uchun sotib olish qoidalarida (2017) tavsiflangan narxlarni talab qilish tartib-qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi va sotib olish qoidalarida belgilangan vakolatli mamlakatlarning har qanday ishtirokchilari ishtirok etishi mumkin.
4. Manfaatdor savdo ishtirokchilari qo'shimcha ma'lumot olishlari, shuningdek, quyidagi manzil bo'yicha "Qattiq Maishiy Chiqindilarni Barqaror Boshqarish" LBG-dan narx taklifini so'rashlari mumkin.
5. Narx takliflari 2024-yil 17-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 gacha quyidagi manzilda imzo va muhr bilan yetkazilishi kerak. Kechiktirilgan tanlov takliflari rad etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, 100043, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 7A
"Qattiq Maishiy Chiqindilarni Barqaror Boshqarish"LBG
Mas'ul shaxs: Sardorbek Rixsitillayev
Telefon: + 998 97 758 74 34
E-mail: sswm@sanitation.uz

Foydali manbalar