21-mart Xalqaro O’rmonlar kuni
15.
01. 2019
14:21
10902
Tadbirlar

            21-mart 1971-yili tashkil etilgan va haligacha har yili butun jahonda Xalqaro o’rmonlar kuni yoki Umumjahon o’rmonlarni himoya qilish kuni nishonlanib kelinadi. Ushbu kunni tashkillashtirish tashabbuskori 1971- yilda 23-Bosh Assambleyada Evropa qishloq xo'jaligi Konfederatsiyasi so’zga chiqishi bo'ldi va bu g'oya BMTning Jahon oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

         Bundan tashqari, dastlab bu kunni Janubiy rarim sharda kuzgi teng kunlikda va Shimoliy yarim sharda bahorgi teng kunlikda nishonlash qabul qilingan(bu odat bo'yicha, bahorning birinchi kuni deb hisoblangan va yangi hayotning ramzi va yangi boshlanishidir).

         2012-yilda BMTning Bosh Assambleyasi 2012-yil 21-dekabrdagi № 67/200-sonli qarorida har yili 21-mart kuni Xalqaro o'rmonlar kunini nishonlash uchun jamoatchilikni o'rmonlarni saqlab qolish muhimligi va ularning ahamiyatliligi haqida xabardor qilish uchun imkoniyat sifatida qabul qildi. Va har yili, kunning faoliyati muayyan mavzuga bag'ishlangan bo’ladi.

         O'rmon va uning boyligini saqlab qolish masalasi bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun eng muhim ekologik muammolar qatorida. So'nggi yillarda Yerning o’rmonlarning yo’qolib ketishi bilan bog'liq tendentsiyalar nafaqat ekologlar orasida, balki butun xalqaro hamjamiyatlarda tashvish uyg'otdi.

Foydali manbalar