Andijon shahri uzra uchib yurgan yirtqich tasqara qushi ushlandi
18.
05. 2020
09:58
6831
Ekanadzor

Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 15 may kuni Andijon shahri uzra uchib yurgan ijtimoiy tarmoq «qaxramoni» — O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan «tasqara» (chyorniy grif) qushini izlab topish uchun tezkor guruh tuzildi.

Tezkor gurux tomonidan 2020 yil 16 may kuni ushbu qush Andijon shahrida topildi. Aniqlanishicha, yirtqich qushni Andijon shahrida yashovchi fukaro, tabiat jonkuyari J.A. tutib olib, vakolatli organlarga topshirish hamda brako’nerlar ushlab olmasligi uchun o‘z uyida vaqtincha saqlab turgan.

Qushni olish davrida sog‘lom ekani, urinmagani va yaxshi boqilgani aniqlandi. Qush tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Vaqtinchalik saqlash va boqish uchun Andijon hayvonot bog‘iga topshirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar