Xorazm viloyati: To‘rt dona baliq – 17 million 840 ming so‘m
19.
05. 2020
13:39
6108
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Amudaryoda joriy yil 12 martdan 31 maygacha baliqlarni sanoat maqsadida ovlashga taqiq o‘rnatildi. Shuningdek, may oyi – “Brakonerlikka qarshi kurash oyi” deb e’lon qilindi.

Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida Hazorasp tumani Toshsaqa blok postida velosipedda harakatlanib kelayotgan fuqaro U. X. yonida 4 dona O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi“ga kiritilgan “Orol so‘zan“ balig‘i borligi aniqlandi.

Fuqaro ushbu baliqlarni Amudaryodan noqonuniy ravishda ovlanganligini bildirganligi sababli, surishtiruv tergov ishlarini qonuniy tartibda olib borish uchun hujjatlar tegishli tartibda Hazorasp tuman ichki ishlar bo‘limiga o‘tkazildi.
 


Baliqlarni noqonuniy ovlanishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarorining “Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib — tamoyillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida“gi Nizomining 14-ilovasiga asosan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 17 million 840 ming so‘mni tashkil qiladi.

Brakonerlikka qarshi kurash oyligi davom etmoqda.

Ahmadjon ShOKIROV, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/t-rt-dona-bali-17-million-840-ming-s-m-15-05-2020

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar