5 iyun Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
15.
01. 2019
14:50
14472
Tadbirlar

     Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo`lgan ekologik muammolar to`g`risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi. O'sha yillar davomida  mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda ekologik muammolarni echishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo`lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-yerimizni asrab qolishga o`zining shaxsiy hissasini qo`shish imkoniga ega bo`ladilar.

    Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni BMT Bosh Assamlbleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo`lib o`tgan Insoniyat muhiti mavzusidagi konferensiyada joriy etilgan.

Ushbu sana nimaga muhim?

- insoniyat farovonligi, atrof-muhit sog`lomligi, iqtisodiyot samaradorligi yerimizda mavjud bo`lgan tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorona foydalana olishimizga bog`liqdir.

- hozirgi kunda yer sharidagi ko`plab ekotizimlarning zaxiralari deyarli butunlay tugab, ortiga qaytarib bo`lmaydigan salbiy jarayonlarga yuz tutgan, buning ustiga butun dunyoda aholining o`sib borishi, iqtisodiy rivojlanish kabi omillar mazkur muammoning yanada chigallanishiga olib kelyapti.

- 2050 yilga kelib dunyo aholisining soni 9,6 milliardga etib qolishini inobatga olganda, tabiiy resurslarni hozirgi sur'at va hajmlarda iste'mol etishimizni, mahsulot ishlab chiqarishimizni davom etaversak, kelajakda bizga hozirgi yer sharimizning kattaligidagi yana uchta yer shari kerak bo`ladi

Mazkur sana nafaqat ona-yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, uning tabiatini qanday asrashimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday echishimiz mumkinligi to`g`risida chuqur o`ylashimiz, yer-sharimizni yanada go`zalroq, sog`lomroq qilish yo`llarini izlashimiz lozimdir.

BMT ushbu sanani qay tarzda nishonlaydi?

Mazkur sanani nishonlash bilan bog`liq keng ko`lamdagi tadbirlarni muayyan bir shior ostida, yoki mavzuda o`tkazish vazifasi har yili alohida bir mamlakatga yuklatilib, shu mamlakatda 5 iyun kuni to`g`ri keladi, hafta davomida xalqaro ko`rgazmalar tashkil etiladi. 2015-yilda ushbu sana “Etti milliard orzu. Yagona sayyora. Iste'molimizda tejamkor bo`laylik ” shiori ostida nishonlanib, tegishli tadbirlar Italiyada tashkillashtirildi.

Mazkur sanani nishonlashda butun dunyo bo`ylab 70 ta mamlakatda millionlab odamlar ishtirokida keng ko`lamli tadbirlar o`tkaziladi. Har yili keksa va yosh faollar turli ko`rgazmalar, atrof-muhitni tozalash ishlari, hasharlar, konsertlar, OAV ishtirokidagi bir qator tadbirlar, turli tanlov va musobaqalar tashkillashtirishda qatnashadilar.

Foydali manbalar