Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov Rishton tuman «Bog‘iston» qishlog‘idagi «STRAUS FARM» O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda tuyaqush ko‘paytirish kun sayin oshib bormoqda. Ko‘plab hususiyatlarga ega, yaxshigina daromad manbai bo‘lgan tuyaqushlar o‘zbekistonlik tadbirkorlarning ham e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.
Rishtonlik tadbirkor Farangiz Azimova «Bog‘iston» qishlog‘ida «STRAUS FARM» O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasini tashkil etib, fermaga 200 bosh Afrika tuyaqushlarini olib keldi. Qiymati 306 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur loyiha investor mablag‘i va bank kreditlari hisobiga amalga oshirildi.
Bugungi kunda 16 gektarga yaqin yer maydonida tuyaqushlarni boqish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Kelajakda bunday fermalarni boshqa hududlarda ham ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tadbirkor bilan parandachilikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati