Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining rasmiy munosabati
27.
05. 2020
17:06
7897
Yangiliklar

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Navoiy – «Azot zavodi har doimgidan-da ko‘proq zahar chiqarayapti» sarlavhali murojaatiga rasmiy munosabat

Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Atrof muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi (Analitik laboratoriya) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat ko‘mitasi raisining 2019 yil 28 yanvardagi 48-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan grafik va Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2020 yildagi 68-B-sonli buyrug‘iga asosan «Navoiyazot» AJda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalaridan, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlardan namunalar olindi. Kimyoviy tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanayotgan NOx (azot oksidlari) №67 manbada 3,19 marta belgilangan me’yordan ortiq holat aniqlangan.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 24 moddasi talablari buzilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 85-moddasi bo‘yicha javobgardir. Ushbu huquqbuzarlikga asosan jamiyatning 5-tsex boshlig‘i o‘rinbosari O.Djiyanovdan holat yuzasidan tushuntirish xati olinib, ma’muriy bayonnoma tuzildi, ushbu bayonnomaga asosan ma’muriy qaror chiqarish uchun to‘plangan hujjatlarni ma’muriy sudga oshirilish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari xlorid kislotasi ishlab chiqarish (107) tsehida 2020 yil 14 may kuni ertalab soat 05:00 atrofida xlorning ochiq havoga chiqib ketish holati uskunada kuzatilgan. Nosozlik bartaraf qilingunga qadar havoni ifloslantirishga ulgurgan. Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasi talablari buzilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 86-moddasi bo‘yicha javobgardir. Ushbu huquqbuzarlikga asosan jamiyatning 107-tsex boshlig‘i J.Axatov hamda tsexning smena ustasi X.Ergashovlardan holat yuzasidan tushuntirish xati olinib, ma’muriy bayonnoma tuzildi, ushbu bayonnomaga asosan ma’muriy qaror chiqarish uchun to‘plangan hujjatlarni ma’muriy sudga oshirilish choralari ko‘rilmoqda.

«Navoiyazot» AJ birinchi tashlamasi azot ammoniyniy 3,5 mg/l (PDS-0,5 mg/l) 7 barobar me’yordan yuqori. Azot nitrat 24,5 mg/l (PDS-9,1) belgilangan mu’yordan 2,7 marta yuqori. Azot nitrit 0,45 mg/l (PDS-0,02 mg/l) belgilangan me’yordan 22,85 marta, mis ionlari 0,0022 mg/l (PDS 0,001 mg/l) me’yordan 2,2 marta, neft mahsulotlari 0,24 mg/l (PDS- 0,5 mg/l) 4,8 marta belgilangan me’yordan yuqoriligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi №820-sonli «Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan me’yordan yuqori qayd etilgan holatlar uchun to‘lov hisoboti ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga qo‘shimcha hisobotga 1 884 199 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoboti taqdim etilgan.

«Navoiyazot» AJining ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i A.Mirzaevning bergan ma’lumotiga asosan Reja-grafik asosida yangi tsexining ishga tushishi shu yilning iyun oyiga mo‘ljallangan. Yangi energotejamli va ekologiyaga ta’siri sezilmaydigan nitrat kislotasi ishlab chiqarish tsexi ishga tushishi bilan eskirib ketgan, o‘tgan asrning 1950-yillarida loyihalashtirilib, 1960-yillarida ishga tushirilgan nitrat kislotasi ishlab chiqarishi 5-tsexi to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan belgilangan me’yorlardan yuqori tashlanganlik holatlari qayd etilganligi sababli korxonaning mansabdor shaxslari javobgarlik masalasini hal qilish bo‘yicha to‘plangan materiallar 26 may kuni 01/22-01-09/1022 sonli hat bilan Navoiy shahar ma’muriy sudiga yuborildi.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar