Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimini samarali tashkil etish, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i va atrof-muhitga zararli ta’sirini bartaraf qilish asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirda ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
2020 yil 27 may kuni shunday klasterlardan biri - Andijon shahridagi «ANDIJON SPECIAL ECO TRANS» MChJning ochilish marosimi o‘tkazilib, uni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov va Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov ochib berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar klaster faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati