Farg‘onadagi soy va kanallarga baliqlar qaerdan kelib qoldi?
29.
05. 2020
15:31
7609
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi suv omboridan baliqlar chiqib ketib, aholining ularni ovlayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining axborot xizmati bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdik.

Farg‘ona viloyatida 3 ta suv ombori mavjud bo‘lib, mazkur suv omborlarida tadbirkorlarga baliqchilik bilan shug‘ullanishlari uchun qonun doirasida imkoniyatlar yaratilgan. 2020 yil 26 may kuni Yozyovon tumanidagi baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning baliq saqlash ko‘lidagi suvni tashqariga chiqish qismida himoya to‘ri texnogen omillar ta’sirida ochilib ketgan. Natijada baliqlarning bir qismi sim to‘rlar eskirganligi sababli yirtilib, suv ombori atrofidagi soy va kanallarga oqib chiqqan.

Mazkur holat bo‘yicha boshqarmaning ekoinspektsiyasi va Yozyovon tuman inspektorlari tomonidan tezkor reydlar tashkil qilinib, tunu kun nazorat qilinmoqda. 27-28 may kunlari Yozyovon suv omboridan chiqqan baliqlarni fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda ov qilayotgan 9 nafar huquqbuzarlarga nisbatan 12 mln 320 ming so‘m miqdorida jarima va 10 mln 813 ming so‘m hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Bundan tashqari 300 metrdan ortiq to‘rlar olinib belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Reyd tadbirlari davom etmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/far-onadagi-soy-va-...

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar