Qoraqalpog‘iston: Yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi
02.
06. 2020
10:11
5464
Yangiliklar

Joriy yilning 28-may – 1 iyun kunlari oralig‘ida Qizil kitobga kiritilgan Yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar Qo‘ng‘irot tumanda tabiatga qo‘yib yuborildi.

Tabiat qo‘yniga 2 040 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan «International fund for houbara conservation» markazida ko‘paytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.
 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar