Toshkent shahri, Yunusobod tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
30.
06. 2020
20:13
6236
Yangiliklar

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlarda shahrimizda daraxt kesilishi yuzasidan murojaat kelib tushdi. Unga muvofiq, joriy yilning 30 iyun sanasida poytaxtimizning, Yunusobod tumani TS-4 massivi 28, 29 va 30 – ko‘p qavatli uylar oldida qurilish ishlari rejalashtirilayotganligi sababli, daraxtlar kesilishi ehtimoli borligi ma’lumotda bayon etilgan.

Davlat inspektorlari ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish olib bordi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasi ko‘ra, 30 ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi hech qanday daraxtlarga shikast yetkazilmaganligi ayon bo‘ldi. Ushbu hududda 6 tup kashtan, 1 tup tut, 2 tup shumtol va 2 tup akatsiya daraxtlari borligi aniqlanib inspektorlarimiz tomonidan xatlovdan o‘tkazildi.

Ayni damda investor tomonidan asosiy qurilish ishlari boshlanmaganligi sababli hududdagi barcha daraxatlar nazorat ostiga olinganligini ma’lum qilamiz.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar