Toshkent shahri, Yashnobod tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
30.
06. 2020
20:32
5758
Yangiliklar

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirib kelmoqda. Xususan, yaqinda shahrimizning Yashnobod tumani Tuzel – 1 dahasi 11, 12 va 17 ko‘p qavatli uylar oldida daraxt kesilishi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida joriy yilning 30 iyun sanasida inspektorlarimiz zudlik bilan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ushbu hududda jami 6 (olti) dona daraxt tabiiy omillar ta’sirida zararlanib singanligi oqibatida xulosasi borligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, daraxtlar noqonuniy kesilsa, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79 va 162 moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 198 moddasiga asosan jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.


 


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar