Jizzax viloyati. Yoshlar uchun imkoniyatlar yaratilmoqda
30.
06. 2020
22:16
6850
Tadbirlar

30 iyunO‘zbekistonda Yoshlar kuni sifatida nishonlanayotganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Ammo shu o‘tgan vaqt oralig‘ida mamlakatimizda barcha sohalarda yoshlarning har tomonlama faol ekanliklarini ko‘rish mumkin.

Xalqimiz orasida yetishib chiqayotgan intelektual jihatdan yetuk, jismonan va ma’nan barkamol yosh avlod vakillarining borligi bu fikrimizni isbotlaydi. Kezi kelganda aytish joizki, Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tizimida ham 50 dan oshiq yosh kadrlar samarali mehnat qilib kelmoqda.

Boshqarma qoshidagi Yoshlar Ittifoqi yetakchisi boshchiligida mehnat samaradorligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarni unumli o‘tkazish, viloyat hududida ekologik tizimni yaxshilash, ayniqsa, yosh avlodning ekologik bilim va saviyasini o‘stirish borasida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Koronovirus pandemiiyasi davriga qadar yoshlar ishtirokida ta’lim muassalarida ekologik ta’limni rivojlantirish, fauna va flora turlarini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish, chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda turli aktsiyalar amalga oshirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, tizimda yoshlarni ma’naviy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ularning qirralarini namoyon qilish,ham jismonan ham ma’nan yetuk bo‘lishlari uchun uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar