Toshkent. Ekoreyd tadbiri davom etmoqda.
07.
07. 2020
20:30
5760
Yangiliklar

Poytaxtimizning Sergeli tumani janubiy sanoat hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan maishiy, qurilish va sanoat chiqindilarini joylashtirish hamda utilizatsiya qilishda amaldagi me’yoriy talablarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.

Maxsus ishchi guruhining o‘rganishlari jarayonida korxona va tashkilotlar tomonidan chiqindilarni joylashtirishda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ishchi guruh jami 210 dan ortiq korxona va tashkilotlarda o‘rganishlar olib borib, shundan 130 ga yaqin korxonalar hamda 20 nafar jismoniy shaxslar tomonidan qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Ularning qariyib 80% joyida bartaraf etilib, qolganlariga qonunchiligimizda belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.

Hurmatli tadbirkorlar va shahrimiz aholisi atrof-muhit muhofazasini asrash barchamizning muqaddas burchimizdir, ona tabiatimizga nisbatan aslo befarq bo‘lmang!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar