Davlat ekologiya qo‘mitasi bosh binosida ta’mirlash ishlari boshlandi
13.
07. 2020
13:13
5993
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 10 yanvardagi 4565-son qaroriga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7a-uy manzilida joylashgan binoni rekonstruktsiya qilish uchun 2020 yil 26 iyun kunidagi tanlov (tender) savdolari yakuni bo‘yicha «Shuhrat maksimal servis» MChJ g‘olib deb topilib, yuqorida bayon etilgan binoni rekonstruktsiya qilish bo‘yicha bosh pudratchi tashkilot etib belgilandi.

Joriy yil 10 may kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov mazkur binoning ta’mirlash layihasi bilan yaqindan tanishdi. Shu kunning o‘zida mahalla faollari, soha xodimlari va quruvchilar an’analarimizga ko‘ra ta’mirlash ishlarining xayrli o‘tishiga ezgu tilak bildirishdi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar