Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani. Munosabat.
13.
07. 2020
17:14
6133
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining murojaatga asosan tezkor Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumani Chust ko‘chasidagi xolat o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida hududda joylashgan o‘sish holatdagi 1 tup chinor daraxtining tepa tana qismidan kesib shikastlantirish holati aniqlandi.

Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi inspektori Xurshid Abdirasulov tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunning 37, 49-moddalari buzilgan. Huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 115 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, tegishli hujjatlar o‘rganilganda mavjud tabiiy omillar ta’sirida zararlangan va qurish holatidagi daraxtlar uchun Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xulosasi va M.Ulug‘bek tuman hokimligining tegishli ruxsatnomasi rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar