Iskandar Zulqarnayn aniqlagan niyat chashmasi
24.
07. 2020
16:18
6535
Ekanadzor

Samarqand viloyati Urgut tumani Quyiqishloq qishlog‘ida bundan 200 yil oldin bunyod etilgan masjid bo‘lib, u qurilgan vaqtda ekilgan ikki tub 200 yoshli chinor daraxti hamda masjid hovlisida ushbu joyda yashab o‘tgan Taylan bobo Ismoilov tomonidan ekilgan 5 tub 100 yoshdan oshgan chinor daraxtlari aniqlandi.

Tegishli soha vakillari yordamida mazkur daraxtlar ro‘yxatiga olinib, davlat muhofazasiga olish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, G‘o‘s va Soyg‘o‘s qishloqlari oralig‘ida bir paytlar Begov Qurbon boboga tegishli bo‘lgan hovlida aylanasi 6,50 m, diametri 2,7 m, balandligi esa tahminan 30 metrlar keladigan 500 yoshli chinor daraxti ham aniqlanib, ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Mahalliy ahli keksa vakillarining aytishicha, bir paytlar Iskandar Zulqarnayn yurtimizga Tojikiston tog‘lari orqali dovondan oshib, Urgutning Soyg‘o‘s mahallasi hududidagi Niyat chashmasi atrofidan qo‘nalg‘a sifatida foydalanadi. O‘sha paytlarda qishning sovuq kelganligi bois bir necha vaqt mobaynida shu yerga qolishga majbur bo‘lgan.

Mazkur yerlarda Iskandar Zulqarnayning askarlari ko‘milgan qabriston ham saqlanib qolgan ekan.

Soyg‘o‘s qishlog‘ining yuqori qismida G‘o‘s va Soyg‘o‘s kabi bir necha qishloq va mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi mazkur Niyat bulog‘i atrofida 4 dona tut va 1 tub yong‘oq daraxtlarining ham 100 yoshdan oshganligi aniqlandi. Hozirda mazkur daraxtlar ham davlat muhofazasiga olish uchun rasmiylashtirilmoqda.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar