«SamAuto»ga Markaz mutaxassislari tashrifi
26.
08. 2020
18:17
6346
Yangiliklar

«Davekosertifikat» DUK va uning viloyat filial xodimlari tomonidan joriy yilning 26 avgust kuni Samarkand avtomobil zavodi MChJ O‘zbekiston Yaponiya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurildi. Uchrashuvda «Davekosertifikat» mutaxassislari va «SamAuto» bosh direktor o‘rinbosari Kobilov Husein Samievich katnashdi.

Mutaxassislar zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganib chiqdi. Bosh direktor o‘rinbosari bilan suhbatda import kilinuvchi detallar, avtotransportni ekologik darajasi Yevro me’yorlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi. Ushbu avtotransport vositalari nafaqat mahalliy, qo‘shni davlatlargayam eksport kilinishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

«SamAuto» tomonidan ham ekologik darajalarga talablar o‘rnatilishi bo‘yicha o‘z yo‘nalishida taklif berilishini ta’kidladilar. Bosh direktor o‘rinbosari ekologik sertifikatdan o‘tishi bo‘yicha viloyat filialiga murojaatini yo‘lladi. Ayni vaqtda amaliy yordam berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Manba: www.ecosertif.uz

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar