Yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga uchirildi
06.
09. 2020
21:38
6646
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» NNT hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar 2020 yil 2-3 sentyabr kunlari Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.

Tabiat qo‘yniga 800 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Dubay amirligi hukumati tomonidan tashkil etilgan hamda moliyalashtiriladigan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» da ko‘paytirilgan. Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon (2008 yil) jami 14 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat bag‘riga uchirildi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Yo‘r?a tuvalo?lar yovvoyi tabiatga uchirildi

Yo‘r?a tuvalo?lar yovvoyi tabiatga uchirildi

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar