Xizmatlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, III va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatish materiallari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini tayyorlash va taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-son qarori 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-son qarori ijrosidan kelib chiqib 2020 yilning 1 oktyabridan Davlat ekologiya qo‘mitasining www.eco-service.uz veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning elektron hujjat almashinuvining yagona tizimi ishga tushirildi. Mazkur yagona tizimga hududiy davlat ekologik ekspertizasi markazlari integratsiya qilinib, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub, ya’ni mahalliy ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlari bo‘yicha elektron anketa shaklida arizani to‘ldirish dasturiy yechimlar amalga oshirildi. Ushbu yangilik hisobiga buyurtmachilarga shaxsiy kabinetida tegishli yo‘riqnomaga amal qilib, oson, qiyinchiliksiz davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun arizani yuborishiga barcha dasturiy qulayliklar yaratildi.