- Yangiliklar
- Vazirlik haqida
- Huquqiy faoliyat asoslari
- Vazirlik funktsiyalari va vazifalari
- Vazirlik tarixi
- Rahbariyat
- Vazirlik tarkibi
- Tenderlar
- Yoshlar siyosati
- Bo‘sh ish o‘rinlari
- Faoliyat ko‘rsatkichlari
- Jamoatchilik kengashi
- Vazirlik Hayat yig‘ilishi
- Xalqaro aloqalar
- Elektron hukumat
- Ma'naviyat va ma'rifat
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Green University
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Ochiq ma'lumotlar
- Axborot xizmati
- Xizmatlar
- Aloqalar
- COP14
-
Faoliyat haqida
-
Funksiya va vazifalar
-
Xizmatlar
-
Qonunchilik
Dalvat ekologiya qo‘mitasi tizimida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari
va ularning sifatini yanada yaxshilash masalalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali Qo‘mita tomonidan quyidagi xizmatlar elekton tarzda amalga oshiriladi (arizalarni ko‘rib chiqish muddati):
1. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning respublika hududiga olib kirish, olib chiqishga xulosa/ruxsatnoma (7 ish kuni).
2. Yovvoyi xayvonlar, ularning kismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib chiqish va olib kirishga ruxsatnoma (15 ish kuni).
3. Yovvoyi xayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kollektsiyalarini xisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma.
4. Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma (15 ish kuni).
5. Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma (15 ish kuni).
6. O‘simlik dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma (5 ish kuni).
7. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olishga xulosa (5 ish kuni).
8. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus ist’emol qilish uchun ruxsatnoma (5 ish kuni).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 23 apreldagi PQ-4297-son qaroriga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “Davekosertifikat” DUK tomonidan beriladigan 2 ta xizmat kiritilgan. Bular:
1. O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikat (5 ish kuni).
2. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqishga ekologik sertifikat (5 ish kuni).
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi PQ-4297-son qarorida ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish belgilangan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son Farmon bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha idoraviy axobrot tizimi ishlab chiqish va uni davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish belgilangan.
Mazkur yo‘nalishda idoraviy axborot tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi.
Ushbu axborot tizim bilan Qo‘mita tomonidan beriladigan barcha ruxsat etuvchi hujjatlar elektron bazasini shakillantirish, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlari joriy etiladi.
Yaratilgan axborot tizim orqali tadbirkorlik sub’ektlarida arizalar qabul qilinganligi va ko‘rib chiqish jaryonini kuzatish imkoni paydo bo‘ladi va bu haqida ularning mobil telefonlariga sms xabarnoma yuboriladi.
Hozirgi kunda ushbu idoraviy axborot tizimini Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) hamda «Yagona darcha» bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi va tashkilotlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot
№ |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar |
Me’yoriy-huquqiy hujjat |
Rasmiylashtirish shakli |
Mas’ul boshqarma, bo‘lim |
1 |
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning import va eksportga berilgan ruxsatnoma |
Davlat xizmatlari, www.my.gov.uz |
Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi |
|
2 |
Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma |
Davlat xizmatlari, www.my.gov.uz |
Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi |
|
3 |
Evvoyi xayvonlar, ularning kismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib chiqish va olib kirishga ruxsatnoma |
|||
4 |
Yovvoyi xayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kollektsiyalarini xisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma |
|||
5 |
Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma |
|||
6 |
O‘simlik dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma |
Davlat xizmatlari, www.my.gov.uz |
Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi |
|
7 |
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus ist’emol qilish uchun ruxsatnoma |
Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi |
||
8 |
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olishga xulosa berish bo‘yicha |
Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi |
||
9 |
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikat |
"Yagona darcha" bojxona axborot tizimi |
DUK "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi" |
|
10 |
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va ularni uning xududidan olib chiqishga ekologik sertifikat |
"Yagona darcha" bojxona axborot tizimi |
||
11 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlarini tabiiy muhtdan ajratib olishga ruxsatnoma |
to‘g‘ridan to‘g‘ri qog‘oz shaklida |
Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi |
|
12 |
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) ruxsatnoma berish |
|||
13 |
Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori №PQ-649, 07.06.2007 y. |
Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi |
Qonunchilik
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» |
№ PQ-2750, 01.02.2017 y. |
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
№ PQ-4297, 23.04.2019 y. |
3. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» |
№ PF-5930, 31.01.2020 y. |
-
Харита
-
Ximoyalangan tabiiy hudud
-
Ochiq ma'lumotlar
-
Aloqalar
Davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i | Juraqobilov Rustam Juraqobilovich |
(+988) 71 207 07 70 |