Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov: O‘simlik dunyosini muhofaza qilishning huquqiy asosi
16.
09. 2020
12:51
5388
Yangiliklar

«O‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilishni takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, ularni yo‘q qilish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

«Ushbu hujjat bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritilmoqda. Unda javobgarlik choralari avvalgisiga nisbatan ikki baravarga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mazkur sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni va ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi ham musodara qilinishi belgilanyapti. Umuman aytganda, qonun loyihasining qabul qilinishi daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarning g‘ayriqonuniy kesilishi, yo‘q qilinishi, shikastlantirilishi yoki boshqa joyga ko‘chirilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish orqali bu boradagi huquqbuzarliklarning kamayishiga sharoit yaratadi» , - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi

Manba: http://parliament.gov.uz/uz/events/other/31978/

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar