Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani 17-daxa 45-46 uylar oralig‘ida kesilgan daraxtlar bo‘yicha joylashtirilgan murojaat yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan bayon etilgan manzildagi holat joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida Chilonzor tumani, «Botirma» MFY, 45-46 uylar oralig‘ida 1 tup tol va 1 tup maklyura daraxtlari fuqaro M. Nazarov tomonidan “O‘simlik dunyosini muhofaza kilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasiga zid ravishda noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasiga muvofiq 1 mln 115 ming so‘m ma’muriy jarima va 21,9 mln so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar bo‘yicha da’vo summasi belgilandi. Hozirda hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati