O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 27 noyabrdagi 02-03/1-2891-sonli topshirig‘iga asosan ob-havo sharoitlarining keskin o‘zgarganligi munosabati bilan Jizzax viloyatining Zomin davlat qo‘riqxonasi hududida yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni muhofaza qilish maqsadida biotexnik tadbirlar o‘tkazildi.
Biotexnik tadbirlar davomida hayvonlarni yashash muhitiga ozuqalar joylashtirildi.
Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati